AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatchilarga imtiyozli avtokredit beriladi

'Harbiy xizmatchilarga imtiyozli avtokredit beriladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qarorga muvofiq:

Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta`minot bo`linmalarining ofiserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilariga har bir harbiy qismdan 10 nafargacha kishiga mamlaktda ishlab chiqarilgan byudjet avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.

Kredit shartlari:

- muddati – 3 oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;

- dastlabki badal – sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;

- foiz stavkasi – kredit berilgan sanada yillik 7 foiz.

    Boshqa yangiliklar