AsosiyJamiyat

Tijorat banklari tomonidan aholiga imtiyozli kreditlar ajratiladi

'Tijorat banklari tomonidan aholiga imtiyozli kreditlar ajratiladi'ning rasmi

Kredit bilan bog`liq masalalar qattiq nazoratga olinadi, deb xabar bermoqda O`zA.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Qarorga muvofiq:

— eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig`ini tavsiyanomalari;

— eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdorda – belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tgan kichik tadbirkorlik sub`ektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug`urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasining kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta`minot turlari;

— eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda – tadbirkorlik sub`ektlarining investisiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta`minot turlariga asosan ajratiladi.

Kredit bilan bog`liq masalalar qattiq nazoratga olinadi.

Moliya vazirligiga sug`urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug`urtalanganda sug`urta to`lovini 1,5 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorda belgilash hamda sug`urtalash shartlarini engillashtirish choralarini ko`rish vazifasi yuklandi.

    Boshqa yangiliklar