AsosiyJinoyat

​Debitor qarzdorlikni oshirib ko`rsatgan mansabdor javobgarlikka tortildi​

'​Debitor qarzdorlikni oshirib ko`rsatgan mansabdor javobgarlikka tortildi​'ning rasmi

Sudlanuvchi A.K Andijon shahar “Eski shahar” ETK aholiga xizmat ko`rsatish kompyuter bo`limi boshlig`i lavozimida ishlab kelib, mansabdor shaxs bo`lgani holda, 2017 yil 1 yanvaridan 2017 yil 1 iyulga qadar bo`lgan davr mobaynida Andijon shahar “Eski shahar” elektr ta`minoti korxonasi tomonidan xizmat ko`rsatadigan hududlardagi4552 nafar aholi iste`molchilariga etkazib berilgan elektr energiyasidan aslida

209.951.900 so`m debitor qarzdorlik mavjud bo`lsada, korxona dasturidagi debitor qarzdorlikni 1.362.388.100 so`mga sun`iy ravishda oshirib ko`rsatilib, fuqarolarning qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar va jiddiy ziyon etkazilishiga sababchi bo`lgan.

A.K ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudi raisi R.Turginov tomonidan Andijon shahar sudi Eski shahar Elektr ta`minoti korxonasi binosida sayyor sud majlisida ko`rilib, sudlanuvchi A.Kga jazo tayinlashda qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi, shaxsining ijobiy tavsiflangani, qaramog`ida to`rt nafar farzandlari borligini, jazoni og`irlashtiruvchi holatlar yo`qligini e`tiborga olinib, unga nisbatan o`zi ayblanayotgan modda sanksiyasi doirasida axloq tuzatish ishlari jazositayinlandi. Shu bilan birga Jinoyat kodeksining
45-moddasi qo`llanib, 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Sudlar tomonidan bu toifadagi ishlarni aynan sudlanuvchi faoliyat ko`rsatadigan korxona va tashkilotlarda sayyor sudlarda ko`rilishi, kelgusida ushbu korxonalarda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, sudning tarbiyaviy rolini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar