Bugun 8 iyun saharda Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov olamdan o`tgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yolg`on ma`lumotlar yana tarqaldi.
Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining O`zAga ma`lum qilishicha, “Anvar qori Tursunovning vofot etgani haqidagi xabarlar yolg`on, lekin uning ahvoli ayni paytda og`ir, muolajalar esa davom etmoqda”.
Anvar qori Tursunov oilasi bilan yaqin aloqada bo`lgan yana bir manba, taniqli shoir Muhammad Ismoilning uza.uz saytiga xabar yo`llashicha, “Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qorining hayoti bilan bog`liq e`lon qilingan ma`lumotlar hech qanday asosga ega emas.
Bunday asossiz xabarlar jamoatchilikni chalg`itmoqda”, deydi Muhammad Ismoil o`z xabarida.
uza.uz sayti bemorlarning tezda sog`ayib ketishini tilaydi va jamoatchilikni norasmiy axborot sahifalarida e`lon qilinayotgan ma`lumotlardan ogoh bo`lishga chaqiradi.






