Braziliyaning Paranavai shahridagi savdo do`konlaridan birida olti yashar bolakay otasini bosqinchilardan himoya qildi, deya ma`lum qilmoqda Rai77.com nashri.
Uch bosqinchi savdo do`koni kirishadi va sotuvchi hamda Fransisko Karlos Alves Silva ismli mijozga to`pponcha o`qtalishadi. Shu payt Karlosning 6 yashar o`g`li kelib otasini bosqinchilardan himoya qilgancha, ularni tepadi.
Hayriyatki, bosqinchilar kassadan pulni olgach, “quyonning rasmini chizishdi” va hech kim tan jarohati olmadi.






