Samolyot bortida bomba borligi haqidagi hazil xabardan so`ng yo`lovchilar avialayner qanotiga chiqib olishdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Voqea Indoneziya aeroportida bo`lib o`tgan. Styuardessalarning muomalasidan qoniqmagan yo`lovchilardan biri salonda bomba borligini aytgan.
Styuardessalar buni uchuvchiga aytishgan, uchuvchi esa hamma samolyotni tark etishini e`lon qilgan. Shunda yo`lovchilardan biri avariya chiqish eshigini buzib samolyot qanotiga chiqib olgan. Keyin vahima boshlangan va bir necha kishi jabr ko`rgan.
Hozirda ikkala aybdor ham sakkiz yillik qamoq jazosiga mahkum etilishi arafasida.






