AsosiyDunyo

Kamchatkada ayiqdan qochgan baliqchi daryoga cho`kib ketdi

'Kamchatkada ayiqdan qochgan baliqchi daryoga cho`kib ketdi'ning rasmi

Kamchatkaning Kovran qishlog`ida ayiqdan qutulish uchun qochgan baliqchini daryo suvi oqizib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ma`lum bo`lishicha, baliqchi qayig`ini qirg`oqda qoldirib, do`stlariga qo`ng`iroq qilish uchun tepalikka ko`tarilgan. Tepadan turib, uning qayig`ini ag`darishga harakat qilayotgan ayiqni ko`rgan. Baliqchi tosh otib, ayiqni haydagan.

Birozdan keyin qirg`oqqa qaytgan baliqchiga ayiq yana hujum qilgan. Uning o`zini suvga otishdan boshqa iloji qolmagan. Oqibatda kuchli oqim baliqchini oqizib ketgan. Oradan bir kun o`tgandan keyin baliqchining jasadi suvdan olib chiqilgan.

Voqeaga guvoh bo`lgan mahalliy baliqchilik korxonasi xodimlari erkakka hech qanday yordam ko`rsata olishmagan. Hujumdan keyin ayiq xotirjam ravishda o`z yo`lida davom etgan.

    Boshqa yangiliklar