5 iyun kuni Buxoro viloyatida eru xotin o`rtasida kelib chiqqan janjal noxush holat bilan yakunlandi.
Ma`lum bo`lishicha, Olot tumanida yashovchi M.D. ismli ayol “Arabxona” MFY hududida joylashgan buyum bozorida, o`zaro janjal oqibatida turmush o`rtog`i K.Q.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.
Natijada K.Q. kasalxonaga yotqizilgan, M.D. esa ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.






