Timsoh hayvonlarni himoya qilish qo`mitasi xodimini nokautga uchratdi (Video)
AQSh ning Florida shtatidagi Okoi shahar ko`chalarida sayr qilib yurgan timsohni polisiyachilar va yovvoyi tabiatni himoya qilish qo`mitasi xodimlari olib ketishga harakat qilishdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Mazkur voqeani mahalliy aholi vakillaridan biri videoga oldi. Okoi ko`chalarida sayr qilib yurgan timsoh uni ushlamoqchi bo`lgan odamlardan qochib, xususiy uylardan biriga kirdi. Uzoq qarshiliklardan so`ng qo`lga olingan timsoh mashinaga ortilayotganda dumi bilan hayvonlarni himoya qilish qo`mitasi xodimining yuziga urdi.
Kutilmagan zarbadan himoyachi erga yiqilib hushini yo`qotdi. U birozdan keyin o`ziga keldi. Bir amallab yana mashinaga ortilgan timsoh shahar tashqarisidagi ko`lga qo`yib yuborildi.






