AsosiySport

O`zbekiston va Urugvay qanday rangli libosda harakat qilishi ma`lum

'O`zbekiston va Urugvay qanday rangli libosda harakat qilishi ma`lum'ning rasmi

Ertaga Toshkent vaqti bilan tonggi soat 04:00da O`zbekiston milliy terma jamoasi Montevideoda Urugvay terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi.

Bugun terma jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo`lib o`tdi. Unga ko`ra ertaga O`zbekiston millliy terma jamoasi oq rangli libosda maydonga tushadigan bo`ldi. Urugvay terma jamoasi a`zolari esa o`zlarining an`anaviy ko`k rangli liboslarida harakat qilishadi.

Urugvay – O`zbekiston o`rtoqlik uchrashuvi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Sport TV» hamda Rossiyaning «Match TV» telekanallarida jonli efirda namoyish qilinadi.

    Boshqa yangiliklar