AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatida ekstremizm ta`siriga tushgan 200dan ortiq shaxs qidirilmoqda

'Samarqand viloyatida ekstremizm ta`siriga tushgan 200dan ortiq shaxs qidirilmoqda'ning rasmi

Camarqand viloyatida diniy ekstremizm g`oyalari ta`siriga tushib qolgan 241 nafar shaxs qidirib kelinayotgan edi. So`nggi 5 oy ichida ularning oila a`zolari bilan o`tkazilgan targ`ibot va tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 15 nafari yashash manzillariga qaytarilgan, 13 nafari afv etilgan.

Bu haqda Samarqand shahridagi konsert zalida o`tkazilgan “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbatida aytildi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.

Ta`kidlanishicha, Samarqand viloyatida diniy ekstremizm g`oyalari ta`siriga tushib qolib maxsus hisobda turgan 1 623 fuqaro ro`yxatdan chiqarilgan.

Joriy yilning o`tgan davrida 11 ta diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog`liq jinoyat aniqlanib, 12 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Ularning 8 nafari pul topish maqsadida xorijga borib, internet orqali ekstremistik guruhga qo`shilgan, 4 nafari esa diniy aqidaparastlikni targ`ib qilgan.

    Boshqa yangiliklar