Gvatemalada Fuego vulqoni otilishi oqibatida qurbon bo`lganlar soni 99 kishiga etdi, deb xabar bermoqda Frans Press.
Oldinroq 84 kishi deb aytilgan edi.
Qutqaruvchilarning tabiiy ofat hududida joylashgan San-Migel-Los-Lotes qishlog`ida olib borgan qidiruv ishlari natijasida lava, botqoq va toshlar ostidan yana jasadlar topilgan. Ayni paytda bedarak yo`qolgan soni esa 192dan ortadi.
San-Migel qishlog`i qo`l rangga bo`yaldi. 4 iyun, 2018 yil







Fuego vulqoni otilgan joylarga haligacha oyoq bosib bo`lmaydi. Halok bo`lganlarning jasadlari ko`l va loydan ishlangan haykalchalarga o`xshab qolgan.





Vulqon otilishining tezligi bir soatda 700 km tashkil etadi, gaz harorati — 100—800 °C. Qochish juda murakkab bunday tabiiy ofatdan. (Foto: Luis Echeverria)










