Jizzaxda 5 oy davomida MIB tomonidan 47 milliard so`mdan ortiq mablag` undirildi.
Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirmoqda, deb yozmoqda O`zA.
Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o`tgan davr mobaynida 1505 ta yuridik shaxsdan 47 milliard 43 million 100 ming so`m soliq qarzi undirildi.
191 ta yuridik shaxs tugatilganligi aniqlanib, 1 milliard 149 million 300 ming so`m soliq qarzini undirish tugatish komissiyalari zimmasiga yuklatildi.
4933 ta jismoniy shaxsning mol-mulk va er solig`idan bo`lgan 2 milliard 458 million 400 ming so`mlik qarzini undirish choralari ko`rildi.
Xatlangan mol-mulklardan jami 5 milliard 572 million so`mlik mol-mulklarni “e-auksion” elektron savdolari orqali sotish uchun chiqarildi.
To`lanmagan soliqlarni majburiy tartibda undirish davom ettirilmoqda.






