Pekinda 9-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida, 6 iyun kuni Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Xitoy Ipak yo`li fondi bilan Samarkand City turistik zonasi qurilishi loyihasi bo`yicha anglashinuv memorandumini imzoladi. Bu haqda TIF Milliy banki bank matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu anglashuv memorandumida Samarkand City loyihasining hamkorlikda amalga oshirilishini ko`zda tutadi.
Loyiha Samarqand shahrining mashhur tarixiy va madaniy markaz sifatidagi turistik salohiyatini oshirish va "XXI asr Ipak yo`li durdonasi" yaratilishini o`z ichiga oladi.
Milliy bank ushbu loyihani xorijiy investor bilan hamkorlikda moliyalashtirilishi uchun javob beradigan bosh muassasa etib belgilangan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlar dasturini qabul qilgandi.






