Fuqarolarning mol-mulk va er solig`idagi mavjud 8 mlrd. 986,9 mln. so`mlik qarzlari majburiy tartibda undirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat Soliq Qo`mitasining 2017 yil 7 iyulda tasdiqlangan sud hujjatlariga asosan soliq qarzini undirish borasidagi “Qo`shma ko`rsatma”si hamda 2017 yil 10 iyulda tasdiqlangan “Chora-tadbirlar dasturi”ga ko`ra Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi viloyat Davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, joriy yilning o`tgan davr mobaynida 5384ta yuridik shaxsdan 153 mlrd. so`m soliq qarzdorligi undirilishi ta`minlandi, shundan 2778 ta yuridik shaxsning banklarda mavjud bo`lgan barcha hisob varaqlaridan 68 mlrd. 468,7 mln. so`m pul mablag`lari majburiy tartibda undirilib, soliq qarzdorligi hisobiga yo`naltirildi.
271 ta yuridik shaxs tugatilganligi aniqlanib, 7 mlrd. 417,8 mln. so`m soliq qarzini majburiy tartibda undirish tugatish komissiyalari zimmasiga yuklatildi.
23257 ta jismoniy shaxsning mol-mulk va er solig`idan mavjud 8 mlrd. 986,9 mln. so`mlik qarzlari majburiy tartibda undirish choralari ko`rildi.
Xatlangan mol-mulklardan jami 37 mlrd. so`mlik mol-mulklarni “E-auksion” elektron savdolari orqali savdosi tashkil etish uchun chiqarildi.
MIB va DSB hamkorlikda soliq qarzlarini qarzdor yuridik shaxslar, va jismoniy shaxslardan majburiy tartibda undirish borasida tadbirlar davom ettirilmoqda.






