Rossiya milliy kutubxonasida “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro Ikkinchi kongressi doirasida “XV – XIX asrlardagi Alisher Navoiy asarlari qo`lyozmalari ” nomli ko`rgazma bo`lib o`tdi.
Rossiya milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning 25 ta qo`lyozmasi saqlanadi. Ular “Qulliyot”, “Devon”, “Xamsa”, shu bilan birga “Majolis un-nafois”, “Vaqifiy”, “Chihil hadis” va boshqa asarlaridir.
Bundan tashqari, muzeyda Navoiy asarlarining turkcha va forscha lug`ati, Eron podshohlari tarixining turkcha tarjimasi ham mavjud. Uning hayotlik davrida yozgan asarlari ro`yxatiga kiritilgan XVI asarga tegishli 11 ta manuskriptdan 2 tasi kitob san`ati tarixiga qiziquvchilarni o`ziga jalb etdi. Unda etuk xattotlik san`atini, miniatyuralarni, badiiy bezatilgan muqovani ko`rish mumkin. XIX asrga tegishli ro`yxatga asosan bilimli o`quvchilarga mo`ljallangan qo`lyozma nusxalari kiritilgan. Ular o`zlarining chiroyli naqshlari bilan kishi e`tiborini o`ziga tortadi.






