Latviya davlat o`t o`chirish-qutqaruv xizmati xodimlari derazadan tushib ketayotgan erkakni havoda tutib qolishdi, deya xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar vaziyatni tushungach, pastga qavatdagi uyga kirib, deraza oldida hushyor bo`lib turishgan. Derazadan tushib ketgan erkakni esa oyog`idan ushlab, uning hayotini saqlab qolishgan.






