AsosiyJamiyat

O`zbekistonda nafaqalar tayinlashni qayta ko`rib chiqish taklif etildi

'O`zbekistonda nafaqalar tayinlashni qayta ko`rib chiqish taklif etildi'ning rasmi

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida nafaqalar tayinlashni qayta ko`rib chiqish haqida petisiya paydo bo`ldi.

"Qonunchiligimizda jamoa xo`jaligi (eski kolxozlar)da ishlab, nafaqaga chiqqan shaxslarga davlat tomonidan nafaqalar tayinlashda noaniqliklar mavjud. Ya`ni mazkur toifadagi nafaqaxo`rlarga nafaqa tayinlash vaqtida ish stajini hisoblashda biroz adolatsizlik bilan yondashilmoqda. Ya`ni, arxiv xujjatlariga asoslangan holda jamoa xo`jaligida ishlagan shaxsning 365 kunlik mehnati bir yil hisobida ko`rilmoqda. Natijada, agar jamoa xo`jaligi a`zosi 25 yil ishlagan bo`lsa – 11 yil, 37 yil bo`lgan bo`lsa – 23 yil, 40 yil ishlagan bo`lsa – 25 yil hisoblab chiqarilmoqda. Ajablanarlisi, ushbu muddatdan kelib chiqqan holda nafaqa miqdori tayinlanmoqda. Uzoq yillar umrini jamoa xo`jaligi ishiga bag`ishlagan oddiy odamlarga shu yo`sinda pensiya tayinlanishi adolatdan bo`larmikan", - deyiladi murojaat matnida.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoa xo`jaligi (eski kolxozlar)da ishlab, nafaqaga chiqqan shaxslarga davlat tomonidan to`lanadigan nafaqalar tizimini qayta ko`rib chiqish taklif qilingan.

    Boshqa yangiliklar