AsosiyJinoyat

Qadimiy tangalarni O`zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Qadimiy tangalarni O`zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Yaqinda Surxondaryo viloyatida mazkur tartiblarga rioya qilmasdan turib, tarixiy ahamiyatga ega tangalarni bojxona chegarasidan olib chiqishga bo`lgan urinishlar fosh qilindi.

"2018 yil 3 iyun kuni Termiz aeroportida Sankt-Peterburgga parvozi oldidan fuqaro S.M. yashil yo`lakdan o`tar ekan, bojxona xodimlarining diqqatini tortdi. Unga tegishli bagaj ko`zdan kechirilganida, ushbu shaxs har birining qadimiyligi 50 yildan oshgan va turli o`lchamdagi 4 dona qadimiy tangalarni yashirincha olib chiqmoqchi bo`lganligi aniqlandi", - deyilgan bojxona axborot xizmati xabarida.

Xuddi shu reys bilan uchib ketayotgan yana bir fuqaro Yu.M. ham 28 dona qadimiy tangalarni yashirincha olib chiqish uchun yashil yo`lakni tanlagan paytda, to`xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.

Ma`lumki, mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq tarixiy tangalar ham madaniy boyliklar toifasiga kiradi. Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarning O`zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilishi mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar