AsosiyJinoyat

Farg`onada uyining tomida 9 kg ko`knori saqlayotgan shaxs ushlandi

'Farg`onada uyining tomida 9 kg ko`knori saqlayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Ichki ishlar xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida navbatdagi qonun buzilish holati aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida 30 may kuni O`rtaqishloq QFYda yashovchi Sh.Yu.ning uyi oshxonasining tomidan 9 kg. 19 gr. “ko`knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Eslatib o`tamiz, oldinroq, Termizda salkam 45 kg giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo`lgan afg`onistonlik shaxs qo`lga olingandi.

    Boshqa yangiliklar