Bugun, 6 iyun kuni O`zbekiston «Qur`on musobaqasi-2018»da g`olib bo`lgan qorilar va ularning yaqinlari Toshkent – Jidda aviareysi orqali Umra safariga yo`l oldilar.
Ma`lum bo`lishicha, Qur`on musobaqasi mukofoti asosida 30 kishi muborak safarga otlangan. Ularni O`zbekiston musulmonlari idorasi xodimi Maqsud Karimov va Toshkent Islom instituti TTJ mudiri Abdulhakim Olimov kuzatib qo`ygan. Hamyurtlarimiz 16 iyun kuni O`zbekistonga qaytishadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda birinchi marotaba keng miqyosda o`tkazilgan O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018 hifz yo`nalishidan birinchi o`rinlarga 3 kishilik Umra yo`llanmasi, tilovat yo`nalishidan birinchi o`rinlarga ikki kishilik Umra yo`llanmasi berilgan edi.







