Bizning vaqt bilan 8 iyun kuni tonggi 04:00 da start oladigan Urugvay va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi «Sport» telekanalida jonli namoyish etiladi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabar berdi.
Ma`lumot uchun, O`zbekistonga qarshi uchrashuv urugvayliklar uchun JCh—2018 oldidan o`z maydonlaridagi so`nggi, ya`ni, muxlislar, bilan xayrlashuv uchrashuv bo`ladi. Shundan kelib chiqib, mezbonlar mazkur bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko`rgan.






