O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «Facebook» ijtimoiy tarmog`ida o`z rasmiy sahifasini ochdi.
«Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o`rganish, inson manfaatlarini ta`minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasidir.
Siz bilan doimiy muloqotda bo`lib, sog`liqni saqlash sohasida Sizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog`ida o`z shaxsiy sahifamni ochdim.
Endi tibbiyot sohasidagi yangilik, reja, taklif, murojaat va munosabatlarni ushbu sahifada birgalikda muhokama qilamiz», - deya yozgan Shodmonov.






