AsosiyJamiyat

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor lavozimi bekor qilinadi

'Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor lavozimi bekor qilinadi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori lavozimi bekor qilinadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, oliy ta`lim muassasalarining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori lavozimi o`rniga yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori lavozimi joriy etiladi.

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar