Prezidentimiz tomonidan e`lon qilingan “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida tizim faoliyatiga to`siq bo`layotgan muammolar sanab o`tilgan.
1. Talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti.
2. Professor-o`qituvchilarning faoliyatini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta`lim sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
3. Oliy ta`lim muassasalariga kirish test savollari abiturientning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotir.
4. Korrupsiya holatlarining saqlanib qolmoqda.
5. Oliy ta`lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan tizimli o`zgarishlardagi ishtiroki qoniqarsiz.
6. Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga oliy ta`lim muassasalarining faol ishtiroki yo`lga qo`yilmagan.
7. Oliy ta`lim muassasalari innovasion va texnologik g`oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan. Tegishli sohalarda professor-o`qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko`rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.






