Apple kompaniyasi ishlab chiqarish quvvati takomillashtirilgan va yangi funksiyalar kiritilgan yangi iOS 12 operasion tizimini namoyish etdi, deb xabar bermoqda Mir24.tv nashri.
Taqdimot kompaniya tomonidan Apple Worldwide Developers Conference 2018 anjumani doirasida bo`lib o`tdi. Unda tezlashtirilgan tizim faoliyatidan tashqari foydalanuvchilarga iOS-qurilmalar bilan ishlash vaqtini nazorat qilishda yordam beruvchi Screen Tim funksiyasi ham bor. iOS 12'da, shuningdek, Siri ovozli yordamchisi uchun Siri Shortcuts funksiyasi paydo bo`ldi. Uning yordamida Siri har qanday ilovalarda ishlay oladi va uning buyruqlarini dasturlashtirish xam mumkin. Bu esa kundalik vazifalarni sezilarli darajada tezlashtiradi.
– Biz har yili iOSga oid katta yangilanishini taqdim etamiz. Facetime tizimida ham olamshumul yangiliklar qilishni rejalashtirganmiz. Endi uning qamrovi bir-ikki kishini emas, balki bir yo`la 32 kishini o`z ichiga oladi, – dedi kompaniya xodimlaridan biri.
Ma`lumotlarga ko`ra, tizimda Animoji'dan tashqari real suhbatdoshlarning hissiyotlari va o`ziga xosligini etkazib beruvchi Memoji — Apple personajlari bor. iOS 12 operasion tizimida, shuningdek, videoxabarlarning yangi effektlari mavjud.






