Gvatemalada o`z faoliyatini boshlagan Fuego vulqoni natijasida qurbon bo`lganlar soni ortib bormoqda, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Fuego vulqoni otilishi oqibatida halok bo`lganlar soni 65 kishiga etdi. Bundan tashqari, yana deyarli 300 kishi jarohat olgani xaqida xabarlar tarqalgan. Bir nechta shaharlarda xavfning «qizil» darajasi e`lon qilingan.Undan otilib chiqayotgan qaynoq lava yuzlab gektar maydonga ekilgan qaxva va boshqa ekinlarni nobud qilmoqda. Mamlakatdagi asosoiy aeroportlarning barchasi so`ngi 60 yil ichida ilk bora yopildi.
– Odamlarni boshqa xavfsiz joylarga ko`chirish muammo emas. Biroq ularni boshpana bilan ta`minlash biroz qiyin jarayon. Shunga qaramay, aholini iloji boricha tezroq evakuvasiya qilish amaliyoti davom etmoqda, – deydi hukumat vakillaridan biri.
Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh Gvatemalada vulqon otilishi oqibatida jarohat olgan va jabrlanganlarga yordam ko`rsatmoqda. Hozirda vulqondan chiqayotgan turli jismlar sabab atrof-muhit jigarrang hamda kulrang tusga kirib bormoqda.






