3 iyun kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qotillik sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tumanda yashagan M.N. ismli qizning Xovos tumanida bo`yin qismiga o`tkir tig`li jism bilan jarohat etkazilgan, hamda ikkala qo`llari bog`langan holda jasadi topilgan.
Olib borilgan qidiruv surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Boyovut tumanida yashovchi “Do`stlik” MFY rais kotibi G`.Q. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.






