6 avgustda Moskvadan "Xavfsiz yo`llar" xalqaro avtokarvoni yo`lga chiqadi. Avtomobillar Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekistondan o`tadi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.
Avtokarvon ishtirokchilari Samarqand, Andijon, Toshkent, Navoiy va Buxoroda bo`lishadi.
"Avtokarvonni o`tkazishdan maqsad avtomobil yo`llarining holatini o`rganish, yo`l harakati muammolarini aniqlash va ularga echim topishdan iborat. Shuningdek, sayohat davomida turli madaniy tadbirlar o`tkazish rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.
Avtokarvon birgina Rossiyaning o`zida 2 255 km masofani bosib o`tadi. Buning uchun haydovchilar 32 soat tinmay rulda bo`lishlari kerak.
Avtokarvondagi mutaxassislar ko`chma zamonaviy yo`l laboratoriyasi yordamida xalqaro avtomobil yo`llarining monitoringini o`tkazadi, ularning tekisligi, bardoshliligi va boshqa muhim ko`rsatkichlar e`tiborga olinadi.






