Keniyada turar-joy binosi qulab tushdi, deya ma`lum qilmoqda Korrespondent.net nashri.
Noyarabi shahrida joylashgan 5 qavatli turar-joy binosi qulashi oqibatida kamida 3 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Jabrlanganlarning aniq soni esa noma`lum. Ularning aksariyati kasalxonga olib ketilgan bo`lsa, yana ayrimlari engil tan jarohati oldi. Ichkarida qolib ketgan odamlar esa vayronalar ostidan qutqarib olindi.
Hodisaga uyning eskirgani va yaroqsiz holatga kelib qolgani sabab bo`lgani xabar qilinmoqda.Bu kabi holatlar so`nggi vaqtlarda Keniyada tez-tez kuzatilmoqda. O`tgan yili turar-joy binosining qulashi oqibatida 49 nafar inson qurbon bo`lgan edi. Shu sababli hukumat bu kabi holatlar yuzasidan tekshiruvlar o`tkazishni boshlab yuborgan. Yashash uchun xavfli binolarning aksariyati kam ta`minlanganlar istiqomat qiladigan hududlarda ekani ta`kidlanmoqda.






