AsosiyJamiyat

Toshkentda "Biz baxtli bolalarmiz" nomli ko`rgazma ochildi

'Toshkentda "Biz baxtli bolalarmiz" nomli ko`rgazma ochildi'ning rasmi

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida "Biz baxtli bolalarmiz" nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Yakkasaroy tumani "Barkamol avlod" bolalar markazi tomonidan tashkillashtirilgan bu yilgi ko`rgazmada 100 dan ortiq ijodiy va 50 dan ortiq plastika ishlari namoyish etildi.

– Bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 30 ga yaqin to`garak faoliyati yo`lga qo`yilgan, – deydi markaz rahbari Dildora Yah`yoeva. – Shulardan tasviriy san`at, to`qish, munchoqli bezak, kulolchilik, milliy va zamonaviy raqs, vokal, pazandalik, ingliz tili kabi to`garaklarda 600 dan ortiq o`quvchi muntazam qatnashmoqda. Ularga o`ttizga yaqin yosh, izlanuvchan va talabchan mutaxassislarimiz saboq berib kelishmoqda.

Ko`rgazma joriy yilning 15 iyuniga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar