AsosiyJamiyat

Pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qo`shimcha badal to`laydi

'Pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qo`shimcha badal to`laydi'ning rasmi

Endilikda, pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2018 yil 1 iyundan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasiga badal to`laydi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasiga yig`imlarni hisoblab chiqish va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Endilikda, pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2018 yil 1 iyundan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasiga 1 dal (1 dal – 1 dekalitr, ya`ni 10 litrga teng) sotilgan pivo hajmidan – 2000 so`m, 1 dal sotilgan aroq hajmidan – 5000 so`m, 1 ming dona sotilgan sigaretdan – 1000 so`m to`lab boradilar.

Ushbu to`lovlar har oy yakunlari bo`yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar to`lanishi tartibi joriy etildi.

Shuningdek, ushbu yig`imlar foyda solig`i soliq solinadigan bazani aniqlashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chegiriladi.

    Boshqa yangiliklar