2017 yil 19 sentyabrda Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2017 yil 16 sentyabr kuni birga yashagan turmush o`rtog`i H.A. uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida marhum H.A.ning uyida yollanib ishlagan Bo`stonliq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan B.S. erini bedarak yo`qolganligi haqida ariza bergan uy bekasi Z.A. bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil 17 sentyabr kuni marhum H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida B.S. uning boshiga bolg`a bilan urib o`ldirib, Z.A. bilan birgalikda jasadni uyi hovlisiga ko`mib yuborganliklari aniqlangan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
B.S. va Z.A.lar ushlandi.






