Rossiya Federasiyasi prezidentining 2018-yil 12-maydagi qaroriga muvofiq futbol bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladigan paytda, ya`ni 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bo`lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo`q shaxslarni ro`yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi.
Bundan tashqari, ro`yxatga olish tartibiga yana bir o`zgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bo`lgan davrda chempionat o`tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo`linmalarida (IIB) ro`yxat turishlari lozim bo`lgan bo`lsa, endilikda IIB yoki "Mening xujjatlarim" ("Moi dokument") ko`p funksiyali markazlarida (KFM) ro`yxatdan o`tishlari mumkin bo`ladi.
Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat`iy nazar barcha xorijliklarga ta`lluqlidir.
Ushbu tartib faqat futbol bo`yicha 2018-yilgi jahon chempionati o`yinlari bo`lib o`tadigan 11 ta shaharga borishdagina dolzarb. Ushbu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Kazan va Ekaterinburg.






