AsosiyDunyo

Gvatemaladagi Fuego vulqoni sekin harakatdan to`xtamoqda

'Gvatemaladagi Fuego vulqoni sekin  harakatdan to`xtamoqda'ning rasmi

Gvatemala tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish milliy xizmatining Tvitterdagi sahifasida qayd etilishicha, 16 yarim soat oldin harakatga tushgan Fuego vulqoni sekin-asta harakatdan to`xtamoqda.

Kul dengiz sathidan 4,5 ming metr balandlikkacha otilayotir. Past darajadagi portlashlar sodir bo`lib turibdi.

Avvalroq, OAV tomonidan Fuego vulqoni otilishi sabab 3 mingdan ziyod aholi evakuasiya qilingani, tabiiy ofatda halok bo`lganlar soni 25 taga etib, jabrlanganlar 300 nafarga yaqin ekanligi xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar