AsosiyDunyo

Shotlandiyaliklar mamlakatni ajralib chiqishiga qarshi bo`lishmoqda

Shotlandiyaning Buyuk Britaniyadan chiqib ketishi to`g`risidagi referendum o`tkazilishiga bir yarim oy qoldi.

Hozirga kelib, ijtimoiy so`rovnomalar shotlandiyaliklarning 40 foizi mustaqil bo`lishni istayotgani, 54 foizi qo`shma qirollik safida qolishini, qolgan 6 foizi esa hali bir qarorga kelmaganini ko`rsatmoqda.

Shotlandiya bosh vaziri esa mamlakat bemalol o`zini o`zi eplay olishini aytmoqda. Britaniya hukumati esa Shotlandiya parlamentiga qo`shimcha vakolatlar va`da qilmoqda, deya xabar beradi "Rossiya24" telekanali.

 Shotlandiya mustaqilligi to`g`risidagi referendum 18 sentyabr kuni bo`lib o`tishi belgilangan. O`tkazilgan ijtimoiy so`rovnomalarga ko`ra,  shotlandiyaliklarning ko`p qismi mamlakatning ajralib chiqishiga qarshi bo`lishmoqda.

    Boshqa yangiliklar