Toshkentda katta qiymatdagi zargarlik buyumlarini sotib qochib yurgan firibgar aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2 iyun kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yil mart oyida Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, D.I. Beshyog`och dahasida joylashgan “Soy” kafesi oldida tanishi, Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi, E.A.ga umumiy qiymati 12.000 AQSh dollari bo`lgan zargarlik buyumlarini sotib berishini aytgan.
Ushbu shaxs aldash yo`li bilan fuqaroning ishonchiga kirib zargarlik buyumlarini olib va sotib, bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ko`rilgan choralar natijasida D.I. ushlangan.






