Bir qancha vaqt muqaddam «facebook»dagi «Maslahat.uz» guruhi «Aqida Hanum» ismli foydalanuvchi Chorsudagi Ko`kaldosh madrasasi yonida tilanchilik qilayotgan ayol muammosini ko`tarib chiqgan edi.
Uzining to`rt nafar bolasi bilan Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidan kelgan Shohida ismli ayol tilanchilik bilan pul topishga majbur. Bolalarning eng kattasi — 9-11 yoshlarda bo`lsa, eng kichkinasi emizikli go`dak.
Post muallifi ushbu muammoni ko`tarib chiqqan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etildi. Va tabiiyki, bu mutasaddilar e`tiboridan ham chetda qolmadi.
O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tez orada ushbu muammoga e`tibor qaratdi va bir necha kun ichida unga echim topildi.
Ayol Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga olib borildi. Hokimlik ko`magida uy-joy, ish hamda yordam puli bilan ta`minlandi.








