AsosiyDunyo

Rossiya AQSh davlat departamenti rahbariga geografiyani o`qishni maslahat berdi

Rossiya mudofaa vazirligi AQSh davlat departamenti rahbari Jen Psakining Rossiyaning Astraxan oblastida o`tkazayotgan xarbiy havo kuchlari o`quv mashg`ulotlari haqidagi fikrlariga izoh berdi.  Bu haqda "RIA Novosti" xabar beradi.

5 avgust kuni Jen Psaki Rossiyaning Astraxan oblastida o`tkazayotgan xarbiy havo kuchlari o`quv mashg`ulotlaridan xavotirda ekanligini va bu Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyatni yanada jiddiylashishiga olib kelishini aytgandi.

Bunga javoban Rossiya mudofaa vazirlining rasmiy vakili AQSh davlat departamenti rahbarining geografiya fanidan bilimi yo`qligidan xavotirda ekanligini ma`lum qildi. Shuningdek, vazirlik Psakiga ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni o`rganish bilan birga Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy saytidan Rossiya atlas xaritasini ham ko`rib chiqishni maslahat berdi.

Rossiya mudofaa vazirligi vakili o`quv mashg`ulotlar Astraxan oblastidagi Ashuluk poligonida bo`lib o`tgani va bu hudud Rossiya-Ukraina chegarasidan yuzlab  kilometr uzoqlikda joylashganini qayd qilib o`tdi.  

    Boshqa yangiliklar