AsosiyJamiyat

Maktabga o`quvchi qabul qilish tartibi

'Maktabga o`quvchi qabul qilish tartibi'ning rasmi

Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o`rta ta`limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta`lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta`lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) ro`yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Umumta`lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o`z vaqtida umumta`lim muassasasiga o`qishga jalb qilish uchun mas`ul hisoblanadi.

Umumta`lim muassasalarining I sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to`lmagan, I sinfda o`qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta`lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o`qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo`yicha tushuntirish ishlari olib boradi.

Bolalarni umumta`lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:

  • ota-onalar tomonidan umumta`lim muassasasi direktori nomiga ariza;
  • ota-onalarning fuqarolik pasporti nusxasi;
  • bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
  • bolaning sog`lig`i to`g`risida tibbiy ma`lumotnoma;
  • bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

Bolalar umumta`lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat`i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar