AsosiyDunyo

Qirg`izistonlik “Dunyo go`zali” YTHda vafot etdi

'Qirg`izistonlik “Dunyo go`zali” YTHda vafot etdi 'ning rasmi

Miss Universe Beauty 2018 (koinot go`zali) tanlovining “Eng chiroyli turmushga chiqqan ayol” unvoni sohibi, qirg`izistonlik Saniya Shakirova YTHda vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Issiq-Ko`l viloyati IIB xabariga ko`ra, avariya 2 iyun kuni kechqurun sodir bo`lgan. Namba Taxi kompaniyasiga tegishli bo`lgan avtomobil Issiq-ko`l yaqinidagi Chok-Tal qishlog`ida YTHga uchragan. Ravon Nexia rusumli taksi avtomobili ichida uch kishi bo`lgan.

“YTH 2 iyun soat 21:10 sodir bo`ldi.Haydovchi boshqaruvni yo`qotish sababli mashina yo`l chetiga chiqib ketib Chok-Tal qishlog`idagi qabriston devoriga borib urilgan. Og`ir jarohatlardan Shakirova joyida vafot etgan. Avtomobilning ikkinchi yo`lovchisi va haydovchi kasalxonaga yotqizildi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Saniya Shakirova 30 yoshda edi. Uning uch farzandi bor. Ushbu yilning aprel oyida Shakirova xalqaro Miss Universe Beauty tanlovining “Eng chiroyli turmushga chiqqan ayol” nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`lgan edi. Vetnamda bo`lib o`tgan tanlovda Rossiya, Turkiya va Fransiyadan 40ga yaqin talabgorlar ishtirok etgan edi.

    Boshqa yangiliklar