Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanidagi mushtlashuvda kollej talabasi halok bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 1 iyun kuni To`raqo`rg`on xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejining 2 bosqich o`quvchisi O.T. ushbu kasb-hunar kollejining 3 bosqichida tahsil olayotgan A.A. bilan Bozorboshi mahallasida o`zaro janjallashib, unga qo`llari bilan jarohat etkazgan.
Natijada A.A. behush holda kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Tan jarohati etkazgan O.T. qo`lga olingan.






