Buxoro viloyatida haftaning har juma kuni o`tkazilayotgan “Yo`l harakati xavfsizligi kuni” doirasidagi profilaktika tadbirlarida yo`l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilar hamda piyodalar madaniyatini yuksaltirishga asosiy e`tibor qaratilmoqda.
Quyidagi qoidabuzarlik holatlari Buxoro shahridagi Riridasgir ko`chasining ikki tomonlama avtomobil qatnov yo`lida o`tkazilgan navbatdagi nazorat reydida tasvirga olingan, deb xabar berdi O`zA.

















