Kuchli yomg`irlardan so`ng AQShning Merilend shtatidagi Ellikot shahrini suv bosdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Bunday holat Ellikot shahrida 2016 yili kuzatilgan edi.
Kuchli loyqa suv katta tezlikda shahar ko`chalari bo`ylab oqmoqda.
Ellikot shahriga 1772 yili asos solingan. Shaharda 70 ming aholi yashaydi.






