AsosiyDunyo

Tayson Fyuri Donald Trampni o`z jangiga taklif qildi

'Tayson Fyuri Donald Trampni o`z jangiga taklif qildi'ning rasmi

Boks bo`yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 9 iyun kuni Manchesterda bo`lib o`tadigan jangiga AQSh prezidenti Donald Trampni taklif qildi, deb yozadi Olamsport nashri.

"Sizga Deontey Uaylder emas, superog`ir vazn toifasidagi haqiqiy jahon chempionikerak. Sizni Manchesterdek ajoyib shaharda bo`lib o`tadigan jangimga taklif etaman. Janob prezident, siz uchun VIP joydan ikkita chipta ajratib qo`yganman", - dedi Fyuri.

Eslatib o`tamiz, Fyurining Sefer Seferiga qarshi jangi 9 iyun kuni Manchesterda bo`lib o`tadi. Bu Fyuri uchun 2,5 yil ichidagi dastlabki jang bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar