Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining formali kiyim-boshi savdosi bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorga muvofiq formali kiyim-boshi savdosi bo`yicha faoliyat tuman (shahar) hokimliklari tomonidan lizensiyalanadi.
Formali kiyim-bosh savdosi bo`yicha faoliyat Mudofaa vazirligining harbiy savdo tarmoqlarining ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari tomonidan va tegishli lisenziya va sertifikatga ega tadbirkorlik faoliyatining boshqa sub`ektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Formali kiyim bosh savdosi bo`yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun lizensiya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Lizensiya olish uchun talabgor hujjatlarni lizenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim qilinadi.
Lizensiya berish yoki uni berishni rad etish to`g`risidagi qaror talabgor arizasi olingandan so`ng o`n ikki kundan oshmaydigan muddatda, uning taqdim qilingan shaklidan qat`i nazar, zarur ma`lumotlar ko`rsatilgan holda beriladi.
Lizensiya berish uchun davlat boji lizensiya berilgan kundagi eng kam ish haqiga karrali miqdorida:
- yuridik shaxslar uchun – eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida to`lanadi.






