AsosiyJamiyat

Chevrolet Captiva avtomobili ham ishlab chiqarishdan olinadi

'Chevrolet Captiva avtomobili ham ishlab chiqarishdan olinadi'ning rasmi

GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to`xtatadi.

“Hozirda Captiva o`rnini bosadigan model tayyorlanmoqda. Mashina o`z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarish to`xtatiladi”, - deb ma`lum qildi “O`zavtosanoat” vakili.

Uning so`zlariga ko`ra, korxonaning modellarni yangilash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

O`zbekistonda Captiva 2007 yil oktyabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz avtombillarini ishlab chiqarishni to`xtatishi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar