O`zbekiston velosiped sporti Federasiyasi tomonidan O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi ko`magida Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan 133- maktabgacha ta`lim muassasasida “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada muassasa tarbiyalanuvchilari ikki guruxga bo`linib, o`zaro bellashdilar. Musobaqa ko`tarinki kayfiyatda o`tdi. Tadbir sport bayramiga aylanib ketdi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida ularga bayramona kayfiyat ulashildi.


Musobaqa davomida Milliy Olimpiya qo`mitasi Olimpiya harakati va sport tadbirlari Departamenti direktori Oybek Gafurov so`zga chiqib, musobaqa qatnashchilarini, muassasa tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabriklab, ushbu musobaqa nafaqat bayram munosabati bilan, balki bundan buyon doimo o`tkazilishini, bu borada Milliy Olimpiya qo`mitasi o`z yordamini ayamasligini ta`kidlab o`tdi.


Musobaqa so`ngida g`oliblar diplom va medallar bilan taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga estalik sovg`alari topshirildi.







