AsosiyDunyo

Salkam qirq yil burun Afg`onistonda urib tushirilgan harbiy uchuvchi hayot ekanligi ma`lum bo`ldi

'Salkam qirq yil burun Afg`onistonda urib tushirilgan harbiy uchuvchi hayot ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Shu vaqtgacha bedarak ketgan deb hisoblangan rossiyalik harbiy uchuvchi tirik va u Afg`onistonda yashamoqda.

Qayd etilishicha, Valeriy Vostrotin 80 yillarda Afg`oniston hududida urib tushirilgan rossiyalik uchuvchining tirik topilgani juda g`aroyib ekanligi, endi sobiq harbiyga nafaqat moliyaviy, tashkiliy yordam, shuningdek, jamoatchi tashkilotlar ko`magi ham kerakligini ta`kidlagan.

Ammo, Valeriy Vostrotin ma`lumotning maxfiyligini ro`kach qilib, sobiq uchuvchining ism-sharifini oshkor etmagan.

Ochiq manbalar ma`lumotlariga ko`ra, 1979-1989 yillar oralig`ida Afg`onistonda Sobiq Ittifoq havo kuchlarining 125 ta harbiy samolyoti urib tushirilgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar