Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha jami 1 million 254 ming fuqaro biometrik pasport bilan ta`minlanishi shart. Hozirgi vaqtda ulardan 1 million 116 ming fuqaro pasportlarini almashtirgan bo`lib, 138 ming fuqaro hanuz biometrik pasport olmagan. Bu haqida Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O`zA muxbiriga ma`lum qildi.
Respublika xalqini biometrik pasport bilan ta`minlash muddati 2018 yil 30 iyun deb belgilangan.
Agar bu fuqarolar o`z vaqtida eski namunadagi pasportlarini biometrik pasportga almashtirmasa, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 223-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda biometrik ma`lumotlarga ega pasportlarga o`tish jarayoni 2011 yil 1 yanvardan boshlangan edi.






